Yangiliklar

ZIC [TOUR]... Eshikni SKga och

 
 
 
 

Asosiy sintetik moy YUBASE va ZIC moylovchi materiallarni ishlab chiqaruvchisi SK Lubricants, ZIC [TOUR] doirasida Rossiya, Ukraina va Qozog’iston yetakchi avtoulov nashrlarining vakillari uchun matbuot-konferentsiyasini o’tkazdi.

ZIC [TOUR] ochilishi Janubiy Koreya yuragi bo’lmish – Seul shaxrida SK shtab-kvartirasida bo’lib o’tdi. Nashrlar vakillarida SK Lubricants kompaniyasining vitse-prezidenti Yongho Li janoblariga to’g’ridan-to’g’ri savollar berishga imkoniyat bo’ldi. Usnbu uchrashuv ZIC kompaniyasi va brendi tarixi, yangi loyihalar va nafaqat moylovchi materiallar turkumida, balki butun xolding yuksak rejalari bilan yaqinroq tanishishga imkoniyat yaratdi.

Keyingi bekat bu – ZIC moylari yaratilayotgan joyi bo’lib qoldi. Ulsan shahri, Respublika Koreya ishlab chiqarish poytaxti hisoblanadi. Aynan shu yerda, SK xoldingiga tegishli, dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlab chiqarish zavodlaridan biri Mega CLX qurilgan edi.
2015 yilda Janubiy Koreya eng inovatsion davlat deb topilgan edi. SK rivojlanishni yangi yo’llarini doimo topadi va inovatsion g’oyalarni kuchli SK Texnologiyalar Instituti (SK Institute of Technology) yordamida hayotga tadbiq etadi. Aynan shu yerda, nafaqat ZIC brendi ostida ishlab chiqarilayotgan, balki dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining boshqa moylari va moylovchi materiallari asosidagi YUBASE asosiy moyi vujudga kelgan.

ZIC[TOUR] haqida batafsil ma’lumotlarni mamlakatingizning eng mashxur nashrlarining sahifalarida topsangiz bo’ladi!